Resume from March 8, 2022 File

Bobur

Водитель погрузчика

City:
Other countries

Contact information

The job seeker has entered a phone number.

Name, contacts and photo are only available to registered employers. To access the candidates' personal information, log in as an employer or sign up.

Uploaded file

The file contains 1 more page.

Quick view version

This resume is posted as a file. The quick view option may be worse than the original resume.

Sh. Rashidov ko‘chasi, 15, 100017 Toshkent
Tel.: [open contact info](look above in the "contact info" section) Faks: [open contact info](look above in the "contact info" section)

Viza bo‘limi ish vaqti:
faqat oldindan internet orqali ro‘yxatga yozilish
asosida dushanba-juma kunlari soat 8.00 dan 12.00
gacha; elchixona qo'shimcha qabul vaqti
belgilashga haqli

2016 yil avgust оyi holatiga ko‘ra

Viza olish uchun kerakli hujjatlarni topshirish haqida eslatma

Ushbu eslatma viza olish uchun kerakli hujjatlarni taqdim etish haqida faqat umumiy ma‘lumot
beradi. Har bir safar turiga qarab (mehmonga borish, xizmat safari, ishlash maqsadida, o‘qishga
borish, oilani birlashtirish maqsadidagi safar) va elchixonaga oldindan qabulga yozilish tizimi
asosida ro‘yxatdan o‘tish uchun batafsil ma‘lumotni jamlagan alohida eslatmalar mavjud.
Ularning mazmuniga e‘tibor berishingizni so‘raymiz!

Qanday viza turlari mavjud?
Umuman olganda, ikki xil viza turi mavjud: Shengen vа Germaniya milliy vizasi.

Shengen vizasi yarim yil ichida 90 kundan oshmagan muddatga berilishi mumkin vа u ko‘rsatilgan
vaqt mobaynida barcha Shengen davlatlariga bir necha marta kirib-chiqish imkonini beradi.
Germaniya milliy vizasi avvaliga uch oyga beriladi va safar maqsadiga qarab 2011 yil 1
sentabrdan boshlab amalda bo‘lgan elektron viza Germaniyada beriladi.

Qaysi davlatlar Shengen shartnomasi hududiga kiradi:
Avstriya, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva,
Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya,
Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Shvetsiya vа Estoniya Shengen shartnomasiga a’zo
davlatlar sanaladi.

Shengen vizasini olish jarayoniga 2010 yil 5 apreldan boshlab qanday o‘zgarishlar kiritildi?
2010 yilning 5 аprelidan Viza kodeksi qisqa muddatli tashriflar uchun (Shengen vizasi) majburiy
huquqiy asos xisoblanadi. Ushbu viza kodeksiga binoan Shengen vizasi qo‘shimcha 15 kunni o‘z
ichiga oluvchi ma‘lum bir muddatga beriladi va bu muddat mobaynida Shengen hududiga a’zo
davlatni tark etish va o‘z vatani hududiga qaytib kirishni qulay ravishda rejalashtirish mumkin.
Tibbiy sug‘rta shartnomasi qo‘shimcha muddatga mos ravishda tuzilgan bo‘lsagina,
qo‘shimcha muddat belgilanishiga asos bo‘la oladi.
Agar ruxsat etilgan kunlar soni 90 kundan oshsa, qo‘shimcha muddat belgilanmaydi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi faqat Germaniyaga safar qilish uchun viza
beradimi?
Agar safaringizning asosiy maqsadi Germaniya, Finlyandiya, Avstriya, Shvesiya yoki Ispaniya
davlatlari bo‘lsa Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga Shengen
vizasini olish uchun ariza topshirishingiz mumkin.

Мanzil: 100017 Тоshkent Tеl.: [open contact info](look above in the "contact info" section) E-mail: [open contact info](look above in the "contact info" section)
Sh.Rashidov ko‘chasi, 15 Faks: [open contact info](look above in the "contact info" section) Web-sahifa: www.taschkent.diplo.de
2

Germaniya elchixonasi Аvstriya, Finlandiya, Ispaniya hamda Shvetsiya davlatlariga uzoq
muddatli safarlar (90 kundan ortiq), shuningdek, ushbu davlatlarda amaliyot o‘tash (praktika),
oliygohda ta‘lim olish yoki ishlash uchun zarur bo‘lgan vizani berish vakolatiga ega emas. Bu
turdagi viza uchun yuqorida nomi keltirilgan davlatlarning Moskvadagi elchixonasiga
murojaat qilish lozim.

E‘tibor bering:
Bir qancha Shengen davlatlariga safar qilishni rejalashtirgan shaxslar hududida uzoqroq muddat
to‘xtaydigan davlat elchixonasidan viza so‘rashlari lozim. Аsosiy to‘xtash joyini aniqlash imkoni
bo‘lmasa, safar boshlanadigan davlat elchixonasidan viza so‘rash kerak.

Viza bo‘limining ish vaqti:
• Viza bo‘limining qabul vaqtlari: Agar arizachi qabul uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va
viza bo‘limiga kirishda qabulga yozilganlik haqidagi tasdiqnomani taqdim eta olsagina,
viza olish uchun kerakli hujjatlarni topshirishi mumkin. Batafsil ma‘lumotlar „Qabulga
yozilish tizimi haqidagi eslatma“da keltirilgan. Qabulga dushanbadan jumaga qadar soat
8:00 dan 12:00 gacha yozilish mumkin, elchixona qo‘shimcha qabul vaqti belgilash
huquqini o‘zida saqlab qoladi.

• Telefon orqali ma‘lumot: Umumiy savollar bo‘yicha ma‘lumotlar dushanbadan
payshanbaga qadar [open contact info](look above in the "contact info" section) telefon raqami orqali beriladi. Iltimos, elchixona
bilan telefon orqali bog´lanishdan oldin asosiy savollar ro‘yxatida (FAQ) savolingizga
javob bor yo'qligini tekshirib ko'ring. Agarda javob mavjud bo‘lsa, biz bilan telefon orqali
bog‘lanishingizga hojat qolmaydi. Afsuski, ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar haqidagi
ma‘lumotlar telefon orqali berilmaydi. Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayoni qay bosqichda
ekanligini bilish uchun faqat arizachining o'zi, yoki u tomandan yozma ravishda tayinlangan
shaxsgina yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.

Hujatlarni taqdim etish asosiy qoidalari hamda pasportga qo‘yiladigan talablar:
• Hujjatlarni arizachining shaxsan o'zi topshirishi lozim. Bu vazifani boshqa shaxsga
yozma ravishda va belgilangan tartibda yuklatish imkoniyati mavjud bo'lsa ham,
ushbu vakolat arizachiga elchixona hodimlari bilan yuzma-yuz suhbatdan ozod
bo'lish xuquqini bermaydi. Voyaga etmagan bolalar uchun ham alohida ariza formulari
to'ldirilib, formular ota-onasi, yoxud rasmiy vasiy tomonidan imzolanadi. Amal qilayotgan
maxalliy talablar sababli, voyaga etmagan bolalarning na otasi na onasi ota-onalik
xuquqidan maxrum etilgan, ammo ariza formularini ulardan faqat bittasi imzolagan bo'lsa,
u holatda imzosi yo'q otadan yoki onadan notarius tomonidan tasdiqlangan rozilik xati talab
qilinadi. Qabulga yozilish qanday amalga oshishini „Qabulga yozilish tizimi haqidagi
ma'lumotnoma“ dan bilib olishingiz mumkin.

• Pasportingiz imzolangan bo‘lishi, unda kamida ikkita bo‘sh sahifa bo‘lishi hamda uning
amal qilish muddati so‘ralayotgan vizaning аmal qilish muddati tugaganidan so‘ng yana 3
oydan kam bo‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, vizaga hujjat topshirilayotgan paytda
pasportning berilgan muddati 10 yildan oshmasligi kerak.

• Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining balog‘atga yetmagan fuqarolariga Shengen
shartnomasiga a’zo quyidagi davlatlarga bolalar pasporti bilan kirishga ruxsat etiladi:
Belgiya, Germaniya, Latviya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Fransiya vа Estoniya. Bundan
tashqari, Germaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya davlatlariga kirishning muhim
sharti – bolalar pasportining bir yildan kam bo‘lmagan muhlatga berilganligidir.
3

Viza olish uchun hujjatlarni to‘playotganda nimalarga ahamiyat berish lozim?
• Viza uchun talabnoma rejalashtirilgan safar boshlanishiga uzog‘i bilan uch oy
qolganida topshirilishi mumkin.
• Fotosuratlar (ariza berilgan kundan uzog‘i bilan uch oy oldin olingan) pasport
formatidagi 45х35 mm hajmida bo‘lishi, yuzingizning oldi tarafidan olingan bo‘lishi,
shuningdek, bosh kiyimsiz va ko‘zingiz atrofi ochiq holda tushirilishi zarur. Fotosuratlar
namunasini http://www.bundesdruckerei.de/dе/buerger/2_1_b/ 2_1_b.html web-
sahifasidan topish mumkin. Har bir viza talabnomasiga bittadan fotosurat yopishtirilgan yoki
stepler yordamida biriktirilgan bo‘lishi shart. Yana bir dona fotosurat viza uchun kerak
bo‘ladi.
• Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lish haqidagi qonunning 54 moddasi asosidagi
izohnomani to´liq to´ldirgan va imzolagan holda viza talabnomangizga ilova qiling.

E‘tibor bering:
• Bir nechta shaxs uchun taklifnomalar: agar bir nechta shaxs Germaniyaga bir kishi
tomonidan taklif qilinsa, elchixona ishini yengillashtirish maqsadida, ularga viza
so‘rovnomalarini bir vaqtda topshirishlari tavsiya qilinadi.
• Amal qilayotgan maxalliy qoidalar sababli ota-оnаsining biri bilan safarga
chiqayotgan bolaga vasiylik huquqiga ega, lekin bola bilan birga safarga
bormayotgan ota yoki ona (vasiy) bolaning xorijga chiqishiga roziligini bildiruvchi va
notarius tomonidan tasdiqlangan rozilik xatining asl nusxasi taqdim etilishi shart.

Qanday hujjatlar taqdim etilishi lozim?
Odatda, safaringiz maqsadiga mos keladigan eslatmalarda ko‘rsatilgan barcha hujjatlarni
asl nusxasida taqdim etish lozim. Eslatmadа ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq va
batafsilligini elchixona kafolatlamaydi. Ba‘zi hollarda qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi yoki
arizachi viza bo‘limiga qayta suhbatga taklif qilinishi mumkin. Bekamu - ko'st topshirilgan
hujatlargina arizalarni qisqa muddatda ko'rib chiqilishiga asos bo'la oladi. Shuning uchun barcha
talab qilingan hujjatlarni to'liq taqdim etish o'zingizning manfaatingizdadir. Aks holda, viza bo'limi
hodimlari Sizga jiddiy kamchiliklar bilan taqdim qilingan hujjatlar, hamda arizachilarning shu
kamchiliklarni bartaraf etishda qoniqarsiz ishtiroki viza berilmasligiga olib kelishi mumkinligini
ma'lum qilib, to'liq hujjatlar bilan qayta kelishingizni tavsiya qilishadi.
Muhim ma‘lumot: Siz tomondan taqdim etilgan hujjatlar sаfaringizdan кo‘zlangan maqsadni
to‘liq ifodalashi lozim. Safardan ko‘zlagan maqsadingiz borasida shubha tug‘ilishi viza
talabnomangiz bo‘yicha salbiy qaror qabul qilinishiga olib kelishi mumkin.

Tibbiy sug‘urta qanday talablarga asoslanishi kerak?

1. Tibbiy sug‘urta amal qilish muddati safar muddatini to‘liq qoplagan hamda 15 kunlik
qo‘shimcha muddatni o‘z ichiga olgan va Shengen shartnomasiga a’zo barcha davlatlar
hududida amal qilishi shart.
2. Qoplama miqdori 30.000 yеvro dan kam bo‘lmasligi kerak.
3. Tibbiy sug‘urta shartnomasi odatda barcha Shengen davlatlari hududida o‘z filiali va
idorasiga ega bo‘lgan hamda O´zbekistondagi Shengen davlatlari elchixonalarida
akkreditatsiyadan o‘tgan sug‘urta kompaniyasi bilan tuziladi. O‘zbekistonda tan olingan
sug‘urta kompaniyalarining amaldagi ro‘yxatini quyidagi manzildan topishingiz mumkin.
4. Yana bir imkoniyat shundan iboratki, tibbiy sug‘urta bilan himoyalanganlik kredit karta
egalariga ko‘rsatiladigan xizmat sifatida asoslab berilishi mumkin yoki sug‘urta shartnomasi
4

taklif qiluvchi shaxs tomonidan Shengen davlatlari hududida sug‘urta xizmatining miqdori
tasdiqlangan holda tuzilishi mumkin. Taklif qiluvchi shaxsning tibbiy sug‘urta mavjudligi
haqidagi ishontirishlari yetarli emas.

5. Istisno: Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolarining oila a’zolari va diplomatik pasport
egalari viza talabnomasini topshirish jarayonida tibbiy sug‘urta mavjudligini tasdiqlovchi
hujjatlarni topshirish majburiyatidan ozod qilinadi, ammo, ular Shengen davlatlari hududiga
kirish vaqtida talabga muvofiq amal qilayotgan tibbiy sug‘urtani taqdim eta olishlari lozim
bo‘ladi.

Viza bo‘limida hujjat topshirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

• Qabul oynasi oldidagi suhbat: Siz tomondan tаqdim etilgan hujjatlar va sizga berilgan
savollar viza talabnomangizni to‘g‘ri baholashga xizmat qiladi. Iltimos, o‘z manfaatingizdan
kelib chiqqan holda Sizga berilgan barcha savollarga to‘liq va haqqoniy javob bering.

• Hujjatlardagi kamchiliklar: Qoidaga binoan, safar maqsadiga ko‘ra tuzilgan eslatmadagi
hujjatlar asli va bittadan nusxasi to‘liq tartibda taqdim etilsagina, viza talabnomasi qabul
qilinadi. Viza berish, yoki bermaslikni qaror qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlar yetishmasa,
visa bo'limi hujjatlaringizni qabul qimaslikka xaqlidir (yuqoridagi taqdim etilishi lozim bo'lgan
hujatlar sarlavhasida ko'rsatilgan ma'lumotlarni inobatga oling) Bu holda keyingi qabulga
kirish uchun qaytadan bo'sh kunga yosilish lozim bo'lishiga e‘tibor qaratishingizni
so‘raymiz. Agar Siz ma´lum sabablarga ko‘ra ba‘zi hujjatlarni taqdim eta olmasangiz, buni
suhbat chog‘ida albatta ayting. Talab qilingan hujjat o‘rniga uning o´rnini bosuvchi boshqa
hujjatni taqdim etsangiz, bu viza talabnomangizni ko‘rib chiqishda inobatga olinadi.
• Shengen - va Tranzit vizalari uchun topshirilgan hujatlarni ko'rib chiqish konsullik badali 60
evroni tashkil etadi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 35 evro.
Quyidagi shaxslar tegishli hujjatlarni taqdim etgan hollarda bu to'lovlardan ozod qilinadi:
1. Germaniya fuqarosining turmush o´rtog´i
2. Balog'at yoshiga etmagan va Germaniya fuqaroligiga ega bo'lgan bolalarning ota-onalari,
hamda Germaniya fuqarolarining voyaga etmagan farzandlari
3. Yevropa itifoqi fuqarolarining turmush o'rtoqlari*
4. Yevropa ittifoqi fuqarolarining yoki shular bilan nikohda bo'lgan shaxslarning farzandlari*
5. 6 yoshga to'lmagan bolalar
*Yevropa itifoqi hududida erkin harakatlanish va istiqomat qilish huquqidan foydalanagan holda, Yevropa itifoqiga a'zo bo'lgan davlatning fuqarosi
boshqa ittifoqdosh mamlakatda yashab kelayotgan bo'lsa. Masalan Germaniyada yashayotgan Frantsiya Fuqarosi. Germaniyada yashayotgan
Germaniya Fuqarosi bunga misol bo'la olmaydi.

Konsullik badali viza talabnomasi topshirilayotganida elchixonaning viza bo‘limida faqat
AQSH dollarida amalga oshiriladi. 1996 yildan keyin chiqarilgan, yaxshi holatdagi muhr va
yozuvlarsiz kupyuralar qabul qilinadi.
Viza so‘rovnomangiz boy‘icha qarorni kim qabul qiladi?
• Оyna oldida hujjatlarni qabul qiluvchi elchixona xodimi Sizning viza talabnomangiz bo‘yicha
qaror qabul qilmaydi. Bu boradagi qaror har qanday holatda ham elchixonaning
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuborilgan xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
• Qalbaki hujjatlarni taqdim etish va noto‘g‘ri ma‘lumotlar berish viza talabnomangizga
so‘zsiz rad javobi berilishiga vа Sizga Germaniya (shuningdek, Shengen shartnomasiga
a’zo boshqa davlatlar) hududiga kirishni ta‘qiqlashga olib keladi.

Viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati qancha?

a) Germaniyaga safar qilish uchun Shengen vizasi: Viza berish tartibiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining viza talabnomalarini ko‘rib chiqish muddati 15 kundan oshmasligi
5

kerak. Hujjatlarni chuqurroq o'rganish va tekshirish zarurati bo'lmasa, elchixona O'zbekiston
Fuqarolarining hujjatlarini 4 ish kun davomida ko'rib chiqishga harat qiladi. Arizachilar
so‘rovnomalarini ushbu 4 kun mobaynida ko‘rib chiqilishini talab qilish huquqiga ega emas. Viza
berilishini o‘z vaqtida ta‘minlash maqsadida elchixona hujjatlarni safar boshlanishidan kamida 7
kun oldin taqdim etishni tavsiya qiladi. Boshqa davlat fuqarolari, yoki fuqaroligi yo'q
shaxslarning arizalarini ko‘rib chiqish muddati yuqorida qayd etilgan muddatlardan farq
qilishi mumkin.

b) Finlandiya, Аvstriya, Shvetsiya yoki Ispaniyaga safar qilish uchun Shengen vizasi: yuqorida
keltirilgan ma‘lumotlarga e‘tibor bering. Safar maqsadi bo‘lgan davlat mutasaddi idoralarining viza
berish jarayoniga jalb etilgan hollarda muhlat 30 kungacha cho‘zilishi mumkin. Qo‘shimcha
hujjatlar talab qilingan taqdirda, viza talabnomalarini ko‘rib chiqish jarayoni 60 kungacha davom
etishi mumkin. Talabnomani ko‘rib chiqish jarayoni haqida ma‘lumot berilmaydi.

c) Milliy viza: Viza berilishi uchun Gеrmaniyadagi xorijliklar masalalari boy‘icha idoralardan
(Ausländerbehörde) birining ishtiroki talab etilgan hollarda (оilani birlashtirish, yoki ma'lum
hollarda ishlash va boshqa uch oydan ko‘p davom etadigan safarlar uchun) hujjatlarni ko‘rib
chiqish muddati uch oygacha davom etishi mumkin. Elchixona hujjatlarni Germaniyada ko‘rib
chiqish muddatiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Viza talabnomasi topshirilayotganda taqdim etiladigan
pasport va, safar maqsadiga qarab, hujjatlarning asl nusxalari arizachiga darhol qaytarib beriladi.

• Talabalik vizasi ni olish uchun alohida qoidalar mavjud, to‘liq ma‘lumot tegishli eslatmada
keltirilgan.

Milliy viza olish uchun topshirgan hujjatlarim borasida qabul qilingan qaror haqidagi ma‘lumotni
qaerdan olaman?

• Qabul qilingan qarorni Sizga yetkazish uchun elchixona Siz bilan bog´lanadi.

Quyidagi qo‘shimcha eslatmalarga e‘tibor qaratishingizni so‘raymiz:

• Arizachi Shengen shartnomasiga a’zo davlatlarga qisqa muddatli safarlar uchun viza
berilishiga da’vo qilish huquqigа ega emas.

• Vizada ko‘rsatilgan to‘liqsiz yoki noto‘g‘ri ma‘lumotlar tufayli safarning kechiktirilishiga
elchixona javobgar emas. Har bir arizachi pasportni qaytarib olayotganda, undagi
vizani tekshirib olishi shart.

• Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar chegara xizmatlari amal qilish kuchiga ega viza
bo‘lgan holda ham chet el fuqarolariga davlat hududiga kirishni man etish huquqiga ega.
Shu sababdan, ehtimoliy chegara tekshiruvida taqdim etish uchun o‘z viza talabnomangizni
tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasini (avvalambor, talkifnoma, yetarli mablag‘ga ega
ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat hamda tibbiy sug‘urta polisi) safarga olib chiqing.

Similar candidates

All similar candidates


Compare your requirements and salary with other companies' jobs: